◀️Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari Gʻ.Babaxolov, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari X.Xojiqulov, Samarqand tumani ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi M.Abduhamidov, Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Abulxayrov va tumandagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tumandagi ta’lim muassasalari mas’ullari tomonidan ta’lim sifati va ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirildi.
