📣 «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanloviga start berildi!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining birinchi — Samarqand tumani bosqichi boshlanadi (https://t.me/samarqandvmmtb/56891). Unda bo’lim boshlig’i Sh.Abulxayrov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi
✅Mazkur tanlovda eng yaxshi natijani qayd etgan jamoa viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun bellashishadi.
❗️Eslatib o’tamiz: tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar:
🥇 1-o‘rin uchun – 100 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin uchun – 75 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin uchun – 50 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadilar.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
