“Temurbeklar maktabi»ga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida 2026-2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida «Temurbeklar maktabi»ning faol targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda

📝Eslatib o’tamiz:

✅Arizalar joriy yilning 5-sentabrdan 15-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar www.dxxtmhal.uz onlayn platformasi yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali qabul qilinadi.

✅ Nomzodlarni saralash tanlovi harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga jalb etiladi. Test sinovlari tarix va ingliz tili fanlaridan o’tkaziladi.

📸Lavhalarda Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tasarrufidagi 39-umumiy oʻrta taʻlim maktabi

🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)

@samtxtb