#Ayni_damda
SAMARQAND TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI ISHTIROKIDA “TA’LIMNI KORRUPSIYADAN ХOLI SOHAGA AYLANTIRAMIZ» MAVZUSIDA MUHOKAMA O‘TKAZILDI
Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limida «Korrupsiya taraqqiyot kushandasi» mavzusida tizim xodimlari va ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muhokama tashkil etildi. Unda Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Sh.Abulxayrov bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Yig’ilishda taʼkidlanganidek, maktab va maktabgacha taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida qator dasturlar qabul qilindi. Oʻtgan vaqt davomida bir qator davlat xizmatlari elektron shaklda joriy etildi. Jumladan, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, 1-sinfga qabul qilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, litsenziyalash, apostil qoʻyish xizmatlari raqamlashtirildi. Yig’lish yakunida taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni va ichki nazorat tizimini kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar berildi.
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
