#SIFATLI_TAʻLIM_TARBIYA_KELAJAK_POYDEVORI
✍️“Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq» – Sh.Mirziyoyev
✅Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosar A.Nosirov Samarqand tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limida bo‘lib, boʻlim xodimlari va boʻlim tasarrufidagi taʻlim tashkilotlari rahbarlari bilan tanqidiy-tahliliy yigʻilish o’tkazdi.
✅Yigʻilish davomida sohadagi asosiy ko‘rsatkichlar reytingining hozirgi holati ko‘zdan kechirilib, har bir yo‘nalish mutaxassisi bilan o‘z vazifasi yuzasidan savol-javob o‘tkazildi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, oliy taʼlimga qamrov darajasi oshirish, milliy hamda xalqaro sertifikatlar monitoringini to’g’ri yo’lga qo’yish, taʼlim-tarbiya sifatini yuqori bosqichga ko’tarish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
