✅Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, bolaning sog‘lom va mustaqil fikrini shakllantirish, qobiliyatini ro‘yobga chiqarish hamda bilim olishga intilishini rivojlantirish kabi maqsadlar yo‘lida ish olib boradi.
➡️Samarqand tumanida 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumjadan, bo’lim boshlig’i Sh.Abulxayrov 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati, tarbiyachilar jamoasi, yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, tashkilotda issiqlik ta’minoti tizimining holati, binoning yetarli darajada isitilishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
