MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI MAS’ULLARI UCHUN SЕMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI MAS’ULLARI UCHUN SЕMINAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Samarqand tumanidagi 15-DMTTda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi «Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 323- sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat bo‘yicha tizim mas’ullari uchun amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda viloyat bo‘yicha tizim mas’ullari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Seminar ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Mirzayev hamda Samarqand tuman hokimi o‘rinbosari G‘.Boboxolovlar so‘zga chiqib, buyruqda belgilangan talab va me’yorlar, ish hujjatlarini yuritish tartibi hamda ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi.

Seminar davomida DMTT da boshqaruv hujjatlari, tarbiyachilar ish hujjatlarning yuritilishi yuzasidan treninglar tashkil etiladi.