#KELAJAK_SOATI
✅“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
✅Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tasarrufidagi 23-umumiy oʻrta taʻlim maktabi
O‘zbek tili juda boy tarixga ega. Qadimgi turkiy yodgorliklardan tortib, Navoiy asarlarigacha bo‘lgan manbalar bizning til boyligimizdir. O‘zbek – turkiy tili yozma adabiyotining rivojlanishida Mahmud Koshg‘ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar munosib hissalarini qo‘shganlar. Misol uchun, Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari ilk ko‘p tilli turkiy lug‘at bo‘lib hisoblanadi. U 1000 yil oldin yozilgan.
◀️Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Sh.Abulxayrov tumandagi 23-maktabda bo’lib, «Kelajak soati»da ishlirok etdi. Unda bo’lim boshlig’i «21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami” kuni» mavzusida o’quvchilar bilan sermazmun suhbat olib bordi
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
