Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda

#Futbolimiz_kelajagi
#Sport

⚽️Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda

⚽️Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostidagi musobaqalarning final bosqichi o’z yakuniga yetdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra

🔰1-4-sinflar o’rtasidagi bahslarda

🥇1 oʻrinni 21-maktab jamoasi
🥈2 oʻrinni 10-maktab jamoasi
🥉3 oʻrinni 4-maktab jamoasi

🔰5-6-sinflar o’rtasidagi bahslarda

🥇1 oʻrinni 9-maktab jamoasi
🥈2 oʻrinni 38-maktab jamoasi
🥉3 oʻrinni 33-maktab jamoasi

🔰7-8-sinflar o’rtasidagi bahslarda

🥇1 oʻrinni 9-maktab jamoasi
🥈2 oʻrinni 21-maktab jamoasi
🥉3 oʻrinni 23-maktab jamoasi egalladi

Barcha g’olib jamoalarga diplom 42 dyumli televizorlar sovg‘a qilindi.

🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)

@samtxtb