Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Sh.Abulxayrov boshchiligida navbatdagi «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda bo’lim boshlig‘i tumandagi 43-maktabda bo’lib, 11-sinf bitiruvchilarining taklif va muammolarini tingladi.
📌Yoshlar uchrashuvida bo’lim boshlig’i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan “Yoshlar bilan muloqoti”da belgilangan vazifalar yuzasidan to’xtalib o’tdi. Shuningdek, o’quvchilarning milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o’quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
📌Uchrashuv davomida maktabning 11-sinf bitiruvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
