#Ochilish_marosimi
#Turon_maktab_teatri_tanlovi
🎭Kichik iste’dodlar katta sahnada
◀️“Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichiga start berildi
🎭 Samarqand tumani 12-son musiqa va san’at maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda Samarqand tumani hokimi o’rinbosari G’.Babaxolov va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Sh.Abulxayrovlar ishtirok etib, ushbu bahslarda ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.
📊 Ma’lumot o‘rnida, “Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichida 40 ta jamoa (320 nafar o‘quvchi) o‘zaro bahs olib boradi.
🌐 Joriy yil uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda maktablarning 6-11 sinf o‘quvchilaridan (8 nafar) iborat jamoalar ishtirok etmoqda.
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
