10-dekabr – O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Jonajon O’zbekistonimizning asl sifati, rostmana tarif-u tavsifi davlatimiz madhiyasida namoyon.

Madhiyamizga oid qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. Ushbu mukammal badiiy asar O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli san’at arbobi, benazir kompozitor Mutal Burhonov tomonidan ancha mehnat-u mashaqqat bilan yaratilgan.

Madhiyamizning 31 yilligi barcha aziz yurtdoshlarimizga qutlug‘ bo‘lsin!