Kasbiy_rivojlantirish_kuni

#seminar
#Kasbiy_rivojlantirish_kuni

✅Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan aniq fanlar oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” trening mashg‘ulotlari bo’lib o’tdi.

✅Eslatib o’tamiz: Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrugʻi asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini
tashkil etish belgilangan.

✅»Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari davomida aniq fanlar oʻqituvchilari oʻzaro tajriba almashdilar hamda trener oʻqituvchilar tomonidan oʻtilgan yangi pedagogik texnologilar bilan tanishdilar. Shuningdek jarayonda mahorat darslari oʻtkazildi.

🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)

@samtxtb