🏆🏆🏆
#Sen_isteʻdodlisan
💎“Sen iste’dodlisan” tanlovi — imkoniyatlar chegarasini kengaytirayotgan ezgu tashabbus
✅Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar oʻrtasida “Sen iste’dodlisan” tanlovi o’tkazildi. Ushbu tanlov “Men ham shu Vatanning bir boʻlagiman” shiori ostida ishtirokchilarning iqtidorini va isteʼdodini keng namoyon etishlarini taʼminlaydi, shuningdek, ularda madaniyat va sanʼatga boʻlgan qiziqishni rivojlantiradi, ularning hayotga bo‘lgan ishtiyoqi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Tanlovda uyda yakka tartibda hamda inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan 14 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
🏆Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra
🥇1 oʻrinni 41-maktab o’quvchisi R.Mardonova
🥈2 oʻrinni 21-maktab o’quvchisi K.Nusratov
🥉3 oʻrinni 37-maktab o’quvchisi B.Ganiyev egalladi
Tanlovning tuman bosqichi g’oliblari diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb
