#Jadidlar_izidan

✅Bugun respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida “Jadidlar izidan” tanlovining 1-sharti – test jarayonlari (onlayn) bo’lib o’tmoqda. Jumladan, Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham “Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi boshlandi.

✅Tanlovda o‘quvchilar jadidlar merosi, ularning millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi, ilm va ma’rifatga chaqiruvchi g‘oyalari yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)