✅Davlatimiz rahbari yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalari va maktablar hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, maktablarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.
✅Samarqand davlat universiteti vakillari Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida aynan shu masalalar kun tartibidan o‘rin egalladi.
Tadbir davomida maktab direktori M.Ravshanova tomonidan bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovini oshirish uchun ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, maktab qoshida oliy ta’limga tayyorlovchi kurslarni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritildi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishni kuchaytirishga xizmat qiladi.
🖌Samarqand tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati (https://t.me/samtxtb)
@samtxtb


