✅Tumanda “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
🖌Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, Siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz. Sh.Mirziyoyev
🇺🇿🇺🇿Bayram davomida tuman hokimi S.Usmanov, tuman hokimining o’rinbosari G’.Boboxolov, bo‘lim boshlig‘i Sh.Abulxayrov va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ustozlarni bayram bilan tabrikladilar. Tadbir davomida so’zga chiqqan rahbarlar soʻnggi yillarda ta’lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda oʻqituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdilar.
📚Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklaymiz.
